Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma онлайн
4.2- rasm. Harorat sensorining statik Xarakteristikasi.
Dinamik xarakteristikalar (maksimal chastota, chiqish signalini vaqt bo‘yicha qiymatlari) o‘tish rejimda chiqish qiymatining kirish qiymatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi (4.3-rasm).
4.3 – rasm. Sensorlarning dinamik xususiyatlari.
Agar sensor kirishiga turli chastotali o‘zgaruvchan signal qo‘llanilsa, sensorning chastotali xarakteristikasi o‘rganiladi, u quyidagi rasmda ifodalangan.
4.4 – rasm. Sensor chastota Xarakteristikasi
kesmkesm
Sezuvchanlik chegarasi (sezmas zona) – shovqin va tashqi ta’sirni kamaytirish uchun kiritiladi. U sezmas zona bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin (4.5-rasm).
4.5 – rasm. Sezuvchanlik/sezuvchanlik chegarasi
Nazorat savollari
1.
2.
3.
4.
5.
V BOB. Xatoliklar
O«lchash va boshqarish tizimlarida ma’lum xatoliklar kuzatiladi. Ularni shartli quyidagilarga bo‘lish mumkin:
asos
qo‘sh
Biz qo‘shimcha omillarni hisobga olgan holda umumiy xatoni hisobga olamiz:
Qo‘shimcha xato texnologik parametrlarining funksiyasi sifatida aniqlanadi:
Loyihalash jarayonida tanlangan sensorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
– chiqish qiymatining kirishga aniq bog‘liqligi;
– vaqt bo‘yicha xususiyatlarning barqarorligi;
– yuqori sezuvchanlik;
– obyektga nisbatan kichik o‘lcham va vazn;
– nazorat qilinadigan jarayon bo‘yicha va boshqariladigan parametr bo‘yicha hech qanday aks ta’sir yo‘q;
– har xil ish sharoitlarida ishlash;
– chiqish signallarini boshqa tizim vositalari bilan birlashtirish;
– turli markalilarini o‘rnatish imkoniyatlari.
Nazorat savollari
1. Asosiy xatoliklarga qaysilar kiradi?
2. Qo‘shimcha xatoliklar manbalarini tushuntiring?
3. Sensorlarga qanday talablar qo‘yiladi?
4. Xatoliklar qanday kamaytiriladi?
VI BOB. SENSORLARNING TASNIFI
Avtomatlashtirish tizimlarida qo‘llaniladigan sensorlar juda xilma-xil bo‘lib, ularni turli mezonlarga ko‘ra tasniflash mumkin.
6.1. Kirish kattaliklari bo‘yicha tasniflash
I. Mexanik datchiklar:
– elastik (membranalar);
– drosselli (bosimning pasayishi nazoratda o‘lchanadi);