Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma онлайн
2.8 – rasm. TJ ABT strukturasi. TBO- texnologik boshqarish obyekti, ARQ- avtomatik rostlash qurilmasi, AXK- axborot hisoblash kompleksi, AIJ- avtomatlashgan ish joyi.
Bunday avtomatlashtirilgan jarayonni boshqarish tizimining blok sxemasi 2.5-rasmda ko‘rsatilgan., bunda quyidagi belgilar kiritiladi: – operator-texnologning avtomatlashtirilgan ish joyi; ART – avtomatik rostlash tizimlari. Boshqaruv panelidan operator-texnolog ART sozlamalarini o‘rnatadi. Teskari ARTga informatsiyalar bevosita manbalaridan olinadi.
Nazorat savollari
1. TJ ABT qanday turlarga bo‘linadi?
2. Rostlash qurilmasi nima?
3. Mnemosxema nima?
4. Yuqori ABT nima?
III BOB. ABTOMATLASHTIRISHNING ASOSIY TEXNIK VOSITALAR TARKIBI
Texnik vositalarning asosiy tiplari sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
1- sath qurilmalar:
– sensorlar (datchiklar);
– boshqaruv modullari;
– topshiriq berish bloklari;
– mantiqiy-buyruqli boshqaruv modullari;
– galvanik izolatsiya modullari;
– signalni normallashtirish va filtrlash modullari;
– ma’lumotlarni taqdim etish modullari;
– boshqaruv harakatlari modullari;
– bufer xotirasi;
– dasturlashtiriladigan taymerlar;
– funksional konvertorlar.
II sath – apparat va dasturiy ta’minot (holat uchun yechim to‘plangan
intellektual vazifalar, moslashuvchan algoritmik tuzilma):
– dasturiy mantiqiy boshqaruv bloki;
– ko‘p kanalli ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash bloki;
– PLC dasturlashtiriladigan mantiqiy kontrollerlar (PLC).
III sath – umum tizim vositalari:
– aloqa adapterlari;
– umumiy xotira bloklari;
– avariya qurilmalar (avariya holatlarida tizim holatlarini qayd etish);
– operator konsoli (umum tizimni nazorat qiladi);
– signalizatsiya va boshqaruv sxemalari.
Texnik vositalar axborot tamoyiliga ko‘ra bo‘linish quyidagicha ifodalash mumkin:
– obyekt yoki jarayonning holati to‘g‘risida ma’lumot olish uchun qurilmalar (datchiklar, qurilmalar);
– asosiy ma’lumotlarni o‘zgartirish uchun qurilmalar (normallashtirish
qurilmalar, elektr izolatsiyasi va kodlash) axborotni uzatish uchun aloqa kanallari orqali;