Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma онлайн
Hozirda RS-482/485, CAN, AS va boshqa interfeysli kodlangan signallarni uzatish uchun ketma-ket protokollar asosida tarmoq ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashning yuqori tezlikdagi texnik vositalari ishlab chiqilmoqda. Boshqarish, ularning ishlashi ishonchliligi, texnik qurilmalarning ishonchliligini oshishi bilan uzviy bog‘liqdir. Boshqaruv tizimining holatini diagnostika qilish va qayd etishning majburiy funksiyalari, ma’lumotlarni uzatish kanallarining ortiqchaligi, qurilmalar o‘rtasida axborotni qayta ishlash funksiyalarini taqsimlash uchun vositalarini yaratish masalasi birinchi o‘ringa chiqmoqda.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada boshqaruv tizimlarining asosiy, zamonaviy tipik texnik vositalarini texnologiyalari va qo‘llash xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.
Sensorlar, bajarish qurilmalarilari va dasturlashtiriladigan mantiqiy kontrollerlar, shuningdek ularni ulash usullari yetarlicha batafsil ko‘rib chiqilgan. Sanoat tarmoqlari standartlariga katta e’tibor berilgan.
Avtomatlashtirishning texnik vositalari an’anaviy masalalarini ko‘rib chiqqan holda, muallif sohada asosiy o‘rin egallagan Siemens, Honeywell va boshqalar tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy texnik qurilmalarning texnik ma’lumotlarini taqdim etishga harakat qildi. Shuningdek, Uzbekiston avtomatlashtirish bozorida faol qo‘llanilayotgan qurilmalar analoglari ham taqdim etilgan.
Qo‘llanma materiallarini tayyorlashda Prosoft, Rakurs, PLC-Systems va boshqa shu kabi kompaniyalar ishlari, darsliklar, ma’lumotnomalar, monografiyalar, jurnal maqolalari, shuningdek, axborot va tijorat internet saytlari materiallaridan foydalanilgan. Tavsiya etilgan adabiyotlar va sanoatni avtomatlashtirish masalalari bo‘yicha saytlar ro‘yxati qo‘lyozma oxirida keltirilgan. Ushbu materiallar fanni o‘zlashtirish, kurs ishlari va bitiruv loyiha ishlarini bajarishda foydali bo‘lishi mumkin.
I BOB. AVTOMATLASHTIRISHGA TIZIMLI YONDASHISHDA TEXNIK VOSITALAR VA NAZORAT QURILMALAR