Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma онлайн
General issues of automation in section 1.2.3, touch devices of automation in sections 3—7, means of receiving and processing data in sections 8—16, actuators in section 17, 18 – the section presents the protection of electronic devices from mechanical and electromagnetic influences.
The textbook is intended for bachelors, masters in the direction of «Automation of technological processes» and engineers involved in the design of automation systems in this area.
Kirish
Sanoatni rivojlantirishni zamon darajasiga yetkazishga texnologik tizimini energiya tejamkor zamonaviy tizimlar bilan modernizatsiyalash bilan erishish mumkin. Zamonaviy texnologik boshqarish tizimlarni asosini avtomatika, avtomatlashtirish vositalari tashkil etadi.
Texnik vositalar avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining real erishishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlaydi va belgilaydi. Boshqarish tizimlarining funksional imkoniyatlariga talablarning ortib borishi sensorlar, kontrollerlar, bajarish qurilmalarilarining yangi avlodlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishni texnologiyalarini rivojlantiradi. Texnikani rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari asoslari integratsiyalashgan mikroprotsessorli qurilmalarga asoslangan «aqlli» avtomatlashtirish qurilmalarining keng joriy etilishida namoyon bo‘lmoqda. Masalan, sensorlarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosan o‘rnatilgan mikroprotsessorlarning imkoniyatlari va ularni dasturlash darajasi bilan belgilanadi. Mikroprotsessor qurilmalarini aniq local tarmoqqa birlashtirish, tarmoq ma’lum bir ishlab chiqarish talablariga moslashish qobilyatini ta’minlaydigan, taqsimlangan boshqaruvga ega, prinspial jihatdan yangi tizimlarning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Zaruriy tashqi qurilmalardan foydalanish nazorat-boshqarish, ma’lumotlarni yig‘ish tizimlarida yuqori funksiyalarga ega, boshqaruv esa «robotik» texnik tizimlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Hozirda zaruruiy obyekt uchun individual funksiyalarini birlashtirish odatiy hol bo‘lib qolmoqda. Raqamli signal protsessorlari, dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar, ko‘p protsessorli modullar va masofaviy signal kiritish-chiqarish modullari asosida qurilgan yagona qurilmalarda axborotni oraliq qayta ishlash va transformatsiya qilishda qo‘llanilmoqda. Yangi texnologiyalarning rivojlanishi natijasida turli protsessorli platalar, bitta platali kompyuterlar keng ishlab chiqilmoqda. Ularni aksariyati texnologiyasi personal kompyuterga mos keladigan kompyuterning ochiq arxitekturasiga to‘liq muvofiqligidir.