Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma онлайн

Avtomatlashtirishning texnik vositalari

O’quv qo’llanma


Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov

Bosh muharrir Ibratjon Xatamovich Aliyev

Muharrir Salim Madraximovich Otajonov

Muharrir Sirojiddin Fayozovich Ergashev

Illustrator Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov

Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev

Muqova dizayni Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov

Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev

Taqrizchi, fizika-matematika fanlari doktori, Farg'ona Davlat Universiteti fizika-texnika fakulteti professori va "Fizika" kafedrasi mudiri Karimberdi Egamberdiyevich Onorqulov

Taqrizchi, texnika fanlari doktori, Farg'ona Politexnika Instituti Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti "Elektronika va asbobsozlik" kafedrasi professori Sirojiddin Fayozovich Ergashev

Korrektor Ibratjon Xatamovich Aliyev

Korrektor Shavkatjon Samiddinovich Sayitov

Korrektor Erkinjon Soliyevich Xolmatov


© Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov, 2024


ISBN 978-5-0060-6145-3

Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero

O«quv qo‘llanma 5311000 – «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlash o‘quv rejasidagi «Avtomatlashtirishning texnik vositalari» o‘quv fanidan adabiyot sifatida tayyorlangan.

O«quv qo‘llanmada avtomatashtirishning barcha texnik vositalarini fan doirasida ochib berilgan. Texnik vositalarni yoritishda qurilmalarni avtomatlashtirish tizimlaridagi joylashish ketma-ketligiga moslashga harakat qilingan. Birinchi navbatda avtomatlashtirishning umumiy masalalari berilib, navbatda sensorlar, ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash vositalari, ijro mexanizmlari keltirilgan. Nihoyada zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarda tarmoqlar va elektron qurilmalarni mexanik, elektromagnit ta’sirlardan himoyalash masalasi yoritilgan.

Avtomatlashtirishning umumiy masalalari 1.2,3 – bo‘limlarda, 3—7 – bo‘limlarda avtomatlashtirishning sensor qurilmalari, 8—16 – bo‘limlarda ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash vositalari, 17- bo‘limda ijro mexanizmlari, 18- bo‘limda, elektron qurilmalarni mexanik, elektromagnit ta’sirlardan himoyalash keltirilgan.