Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma онлайн
6.37 – rasm. Sig’imli bosim o‘lchash datchigi o‘rnatilish sxemasi.
Sig‘imli bosim farqini o‘lchash datchiklari o‘lchash datchigi texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarida aniqligi yuqori bo‘lganligi sababli suyuqlik va gazlarning sarfini uzuluksiz o‘lchashda keng qo‘llanilmoqda.
6.38 – rasm. Sig‘imli bosim farqini o‘lchash datchigi. 1- kameralar membranalari, 2- sezuvchi element, 3,4- kondensatorni qo‘zg‘almas qoplamlari.
Keltirilgan (rasm 6.38) intellektual mikroprotsesorli bosim farqini o‘lchash Fisher-Rozmont datchigi kameralarda qo‘yilgan 1 membranalar kondensator qo‘zg‘almas qoplamalari 3,4 orasiga qo‘yilgan 2 sezuvchi membrana bilan boglangan. Kondensator qoplamalari orasi neytral suyuqlik bilan to‘ldirilgan. Bosim farqi ta’siri ostida 2 sezuvchi element – membrana o‘zgaradi. Bu esa sistemani elektr sig‘imini o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘zgarishni elektron blokida joylashgan mikroprotsessor ASP yordamida raqamli signalga aylantirib qayta ishlaydi. Natijaviy signalni keltirilgan elektr signali ko‘rinishida uzuluksiz uzatadi.
Rezonans bosim o‘lchash datchigini ishlash prinsipi akustik yoki elektromagnit to‘lqinlarni suyuqlik va gazlarda uzatilish hodisasiga asoslangan. Ular juda stabil datchiklar hisoblanadi. Lekin kamchiliklar shundaki, har bir datchik o‘lchanayotgan sharoitga individul tayyorlanadi va agressiv muhitlarda xatolik chegarasidan chiqmasdan foydalanish imkoniyati yo‘q.
6.39-rasm. Rezonans bosim o‘lchash datchigi o‘rnatilish sxemasi.
Induksion bosim o‘lchash datchiklarini ishlash prinsipi aylanma (Fuko) toklarini qayd qilishga asoslangan. Datchikni sezuvchi elementi ikkita induktiv g‘altak orasiga metall plastinka qo‘yish bilan tashkil etilgan. Birlamchi induktiv g‘altakda o‘zgaruvchan tok o‘tkazilsa, ikkinchi g‘altakda induksion tok hosil bo‘ladi. G‘altaklar orasidagi metall ekranni surilishi sistemani induktivligini o‘zgartiradi. Sistemani induktivligini o‘zgarishi metall plastinkaga qo‘yilayotgan bosim kuchiga proporsional.
Ionizatsion datchiklar atmosfera bosimidan juda kichik bo‘lgan bosimlar (10—1 – 10 -8 Pa) uchun qo‘llaniladi. Bu datchiklarni ishlash prinsipi elektron lampalarni ishlash prinsipiga o‘xshagan. Agar lampada bosim hosil qiluvchi zarralar soni ko‘p bo‘lsa, katod bilan anod o‘rtasidagi zaryadli zarrachalar harakatiga to‘sqinlik paydo bo‘ladi. Bosim kichrayishi bilan bu to‘sqinlik kamayib boradi.