Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma онлайн
6.23-rasm. Membranali manometr
1212
6.24 – rasm. Membranali difmanometr
Bosim farqi ta’sirida membrana bo‘linmasidan 2 suv membrana bo‘linma 1 majburlanib, membrana qutisining yuqori devorining harakatlanishiga olib keladi. Shu bilan birga, unga ulangan differensial transformator sensori 5 ning yadrosi harakatga kelib, sensorning chiqish kuchlanishining kattaligi va fazasining o‘zgarishiga olib keladi.
Hozirgii zamon ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlarni uzluksiz nazorat qilishda va texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlarida asosan elektron (elektrik) bosim datchiklaridan foydalaniladi. Ular quyidagilar:
– Pezoelektrik;
– Tenzorezistorli;
– Sig‘imli;
– Rezonansli;
– Induksion;
– ionizatsion.
Pezoelektrik bosim datchiklari. Kristallarni ma’lum tomoniga bosim berilganida qarama-qarshi tomonlarida zaryad to‘planish hodisasiga asoslangan.
6.25 – rasm. Pezoelektrik bosim datchigi sxemasi: 1- menbrana, 2- kvars, 3- metall qatlam
Rasm 6.25. da pezoelektrik bosim datchigi sxematik keltirilgan. R bosim 1 membrana orqali 3- kvarsga ta’sir etib, uni deformatsiyalaydi. Natijada pezoelektrik fizik hodisaga asosan. Z metall qatlamlarda turlicha ishorali zaryadlar hosil bo‘ladi.
Hosil bo‘layotgan zaryadni quyidagicha ifodalash mumkin;
Q = kF = kPS
bu yerda k – pezoelektrik doimiysi, P – ta’sir etuvchi bosim.
Datchik chiqishidagi kuchlanish
u = Q/C
ifodasi bilan aniqlanadi. Bu yerda C – o‘lchash zanjiridagi umumiy sig‘im.
Kvars boshqa pezo xususiyatlarga ega bo‘lgan segnetoelektriklar ichida mexanik jihatdan mustahkam va qattiqlikka ega bo‘lgani uchun membranani qattiq deformatsiyalanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu esa pezoelektrik effektni uzatilishini kechiktirmaydi. Shuning uchun bunday pezoelektrik datchiklarni yuqori chastotali tebranishlarni aniqlashda ham ishlatish imkoniyatini beradi. Kvarsni pezoelektrik doiymisi 2 10—12 K/N bo‘lib temperaturaga kam bog‘liqligi yuqori temperaturali jarayonlarda bosim datchigi sifatida qo‘llanishiga olib keladi.
Tenzometrik bosim datchiklari ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan bosim datchiklari ichida asosiy o‘rinni egallamoqda. Ularni ishlash prinsipi turli formada tayyorlangan tenzorezistrli elastik membrana egilishi bilan elektr qarshiligini o‘zgarishiga asoslangan. Tenzoqarshiliklar plyonka yoki sim ko‘rinishida tayyorlanishi mumkin. Ularni asosiy xarakteristikasi elektr qarshiligini o‘zgarishini deformatsiya o‘zgarishiga nisbati bilan belgilanadi.