Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma онлайн


6.17 – rasm. Spektral pirometrni prinsipial sxemasi. 1- obyekt, 2- obyektiv, 3- filtr, 4,6- qaytaruvchi ko‘zgu, 5,7- fotoelementlar, 8- reaxord, 9- kuchaytirgich, 10- reversiv dvigatel, 11- qarshilik, 12- kuchlanish stablizatori


Spektral pirometrlar eng oxirgi yaratilgan pirometrlardan bo‘lib, ularni o‘lchash aniqligi juda yuqori. Ishlash prinsipi qizdiralayotgan jismlarni nurlanish spektri temperaturaga bog‘liq ekanligiga asoslangan. Temperatura ortishi bilan nurlanayotgan jismni spektri kichik to‘lqin uzunligiga tomon suriladi. Hozirgi zamon spektral pirometrlar mikroprotsessorli bo‘lib, ularni xotirasiga qizdirilgan jismlarni temperaturalarini spektrlari yozib qo‘yilgan. Temperaturani o‘lchashda kuzatilayotgan obyektni nurlanish spektri xotiradagi spektrga solishtirilib, mos qiymat aniqlanadi.

Turli tarkibdagi obyektlar bir xil temperaturada qizdirilganda, turlicha nurlanish spektrini berganligi sababli, pirometrni qo‘llanishida maxsus to‘g‘irlovchi koeffitsient kiritiladi. Bu koeffitsientlar har bir pirometrni texnik hujjatlarida ko‘rsatiladi.

Nazorat savollari

1. Haroratni fizik asosi nimada?

2. Haroratni qanday qurilmalar asosida o‘lchaniladi?

3. Termo datchiklarni qanday turlari mavjud?

4. Elektr qarsilik haroratga qanday boglangan?

5. Qarshilikli termodatchiklar ikkilamchi qurilmalarga qanday ulanadi?

6. Termo juftlik sensorlarini ishlashi qanday fizik hodisaga asoslangan?

7. Pirometrlardan qanday hollarda foydalaniladi?

8. Pirometrlarni qanday turlari mavjud?

6.5. Bosim va so‘rilishni (разрежения) o‘lchash

Bosim P – bu sirtga perpendikulyar ta’sir ko‘rsatadigan F kuchning ushbu sirtning S maydoniga nisbati: P = F / S Bosimning SI birligi 1 Paskal (1 Pa = 1 N / 1m2). SI birliklari bilan bir qatorda tizimli bo‘lmagan birliklar ishlatiladi: texnik atmosfera: 1 at = 1 kgf / cm2 = 98066 Pa, simob millimetri: 1 mm Hg. = 133,3 Pa, suv ustuni millimetri: 1 mm suv ustuni = 9,8 Pa.

Texnologi jarayonlarni borishidagi bosim va bosim pasayishlarini manometr, vakuummetr va vacuum manometrlardan foydalanib o‘lchanadi. Ular o‘zlarini ishlash prinsiplariga qarab suyuqlikli, deformatsion, yuk-porshenli va elektrik bo‘lishi mumkin.