Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma онлайн
T
T
O«tkazlishlar qarshilik termometrlarini ishlab chiqarish uchun mis va platinadan foydalaniladi. TCM tipidagi mis termometrlari —50 dan 200 ºC gacha bo‘lgan uzoq muddatli haroratni o‘lchash uchun ishlatiladi.
TSP tipidagi platinaviy qarshilik termometrlari —200 dan 650 ºC gacha bo‘lgan haroratni uzoq muddatli o‘lchash uchun ishlatiladi.
6.8 – rasm. Xarakteristikalar: 1— o‘tkazgich termoqarshilik; 2— yarimo‘tkazgichli termoqarshilik.
O«tkazgichli qarshilik termometrining sezgir elementi spiral yoki ingichka simli o‘ram bo‘lib, himoya korpusiga joylashtirilgan va sopol kukun bilan qoplangan. Himoya korpusi naycha shaklida qilingan va datchikning botish chuqurligini cheklaydigan rezbali armatura va o‘lchov moslamasiga ulanish uchun vintlar bilan bog‘langan bosh bilan jihozlangan.
Qarshilik termometrlari ko‘prik sxemasiga ulaniladi. Sensor o‘lchash sxemasidan sezilarli masofada joylashgan bo‘lishi mumkin. Agar termistor ikkita sim bilan ulangan bo‘lsa, u holda uning simlari termistor bilan ketma-ket ulanadi va xatolik manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Chunki simlarning qarshiligi atrof-muhit haroratiga bog‘liq. Shu sababli termistorlar ko‘prik sxemaga uch simli tizimda ulaniladi (6.9-rasm).
6.9 – rasm. Qarshilik termometrining ko‘prik sxemasi bilan ulanishi.
лл
Avtomatik muvozanatlashtiruvchi ko‘prik qarshilik – termometrlari uchun ikkilamchi asbob sifatida ishlatiladi.
6.4.2.Termoelektrik konvertorlar (termojuftlar/termoparalar)
Ikki xil tarkibli o‘tkazgichni bir uchi kavsharlanib, kavsharlangan qismi qizdirilsa, qizdirilmagan uch qismlari orasida termoelektr yurituvchi kuchi (t.e.yu. k.) hosil bo‘ladi.
21
Sanoatda ishlab chiqarishda foydalanish uchun turli markadagi termoparalar tayyorlanmoqda. Dunyo bo‘yicha ular aniq standartlarga keltirilgan bo‘lib turli intervaldagi haroratlarni o‘lchashga mo‘ljalangan. Ulardan keng qo‘llanilayotganlari quyidagi jadvalda berilgan:
Termoparalarni gradirovkalanganda ularni «sovuq» uchlari doimiy 00C ga bo‘lgan holat taminlanadi. Agar tarmoparalarni «sovuq» uchlari tumperaturasi 00C dan farq qilsa, uning berayotgan t.e.yu. k. ga tuzatma kiritish zarur bo‘ladi.